Putin AQSh va unga qo`shilgan xorij davlatlariga javob sanksiyalari to`g`risidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "AQSh va unga qo`shilgan xorij davlatlari, xalqaro tashkilotlarning nodo`stona xatti-harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy choralar qo`llash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Hujjat imzolanishi bilan kuchga kirdi, deb xabar berdi «Meduza».

Xabarda aytilishicha, 1 martdan boshlab Rossiya rezidentlari: 

  • xorij valyutasini xorijdagi banklar va moliya tashkilotlarida ochilgan hisobraqam va omonatlariga o`tkaza olmaydi;
  • xorijdagi to`lov xizmati ko`rsatuvchilar (bank hisobraqamini ochmasdan) elektron to`lov vositalaridan foydalangan holda pul o`tkazmalarini amalga oshira olmaydi;
  • qarz shartnomalari bo`yicha norezidentlarga xorij valyutasini o`tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, Rossiya rezidentlari — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari — norezidentlarga tovar sotish va xizmat ko`rsatishdan o`z hisoblariga tushgan valyuta aylanmasining 80 foizini sotishlari shart. Buni farmon kuchga kirganidan so`ng uch kun muddat ichida amalga oshirish lozim.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring