Putin AQSH va ittifoqchilari Afg‘onistonni shoshilinch tark etganiga munosabat bildirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistondagi G‘arb davlatlari harbiy koalitsiyasining Afg‘onistondan chiqarilishini “yumshoq qilib aytganda, shoshilish” deb baholadi.

Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida videoaloqa orqadi ishtirok etib, tashkilot majburiyatidagi va uning a’zolari chegarasi ortidagi vaziyatni shunchaki beqaror emas, balki jiddiy tahdidlarni yuzaga keltiruvchi, deya baholagan.

“AQSH va ittifoqchilari qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda olib chiqishi va uning ortidan toliblar hokimiyatga kelganidan so‘ng, KXSHTning navbatdan tashqari sammitida biz mamlakatdagi vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar haqida fikr almashdik. O‘sha paytda hamma hozirgi sharoitda KXSHTga a’zo davlatlar yaqin muvofiqlashtirish va birlashish har qachongidan ham zarur degn xulosaga keldi”, deydi Putin.

Реклама на Unews

Rossiya yetakchisi tomonlar tashkilotga a’zo davlatlarda xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun har qanday vaqtda KXSHT mudofaa va siyosiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga tayyor bo‘lishi zarurligiga kelishib olganini eslatdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring