Pul jamg`arishmi yoki kredit olishmi? Aholi qay birini tanlaydi (video)

Pul jamg`arish bilan inson ko`p narsaga erishishi  mumkin. Masalan shaxsiy jamg`armangiz bo`lsa, doim kayfiyatingiz a`lo bo`ladi. Siz hech kimdan yoki hech qaysi bankdan qarzdor emassiz,  Fors-major holatiga tushsangiz, masalan ishingizdan ayrilsangiz ham yiqqan pullaringiz joningizga oro kiradi.  

Shu bilan birga minus tomonlari ham bor. Birinchidan uzoq vaqt pul jamg`arishingizga to`g`ri keladi. Pul yig`guningizgacha inflyasiya o`sib boraveradi,  tovarlarning narx-navosi oshib boraveradi. Xo`sh unda nima foydali?    

Pul jamg`arishmi yoki kredit olishmi?  

Реклама на Unews

Biz bu haqda hamshaharlarimizga yuzlandik.  

Pul jamg`arish yoki kredit olib avtomashina yo uy sotib olish har bir insonning xohish va rejalariga, eng asosiysi topayotgan daromadiga bog`liq. Xo`sh, bank mutaxassislari qanday fikrda?  

Biz “Ipak yo`li” Aksiyadorlik inovasion tijorat bankida bo`lib vaziyat bilan tanishdik. Bankning chakana kreditlash bo`limi boshlig`i Muzaffarxon Akmalxonovning aytishicha, bugungi kunda chakana kredit turlari ichida avtokredit va mikroqarz va ipoteka kreditini olishga  aholi tomonidan talab ortib boryapti.  

Реклама на Unews

Manfaatli shartlar asosidagi dastlabki to`lovsiz kreditni «Ipak Yo`li» banki filiallarida quyidagi shartlar asosida  

•  foiz stavkasi — 26,9%;

•  kredit muddati miqdoriga qarab — 60 oygacha;

•  maksimal kredit miqdori — 450 mln so`mgacha rasmiylashtirish mumkin.

Kreditga ega bo`lish uchun pasport, daromadlar to`g`risida ma`lumotnoma hamda avtomobil xarid qilish to`g`risida shartnomani taqdim etish kerak. Badal sifatida kredit summasining 125%dan kam bo`lmagan likvid ta`minot qabul qilinadi, deb xabar bermoqda bank axborot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Dilfuza Esanova
“Renesans” telekanali uchun!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring