Prokuratura Qarshining sobiq va amaldagi hokimlari qamalgani bo‘yicha xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrining sobiq va amaldagi hokimlari ayblanib, qamoqqa olinganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi mazkur ma’lumotga izoh berdi. 

Viloyat prokuraturasi tomonidan yer talon-torojliklari holatlari bo‘yicha xizmat soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan kadastr, qurilish bo‘limi, shahar hokimligi sobiq yuristlari - jami 7 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 205, 206, 209, 229-4-moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Реклама на Unews

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov va amaldagi hokim Normo‘min Xolboyevlar ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.

Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq va amaldagi shahar hokimlari «jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi haqida» yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida..

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring