Prezidentga eng ko`p murojaatlar Navoiy viloyati tibbiyot xodimlari tomonidan yo`llandi

SSV bergan ma`lumotga ko`ra, Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi xodimlari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotiga yo`llangan jami murojaatlar soni 14 516 taga etdi.

 Shundan asosiy qismi tibbiyot xodimlariga tegishli.  

Jumladan:

Реклама на Unews

48 foizi —  soha rivojiga qaratilgan takliflar,

27 foizi — murojaatlar,

 25 foizi — individual masalalardan iborat.  

Реклама на Unews

Xususan, murojaatlarning:  

5 623 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,

847 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,  

453 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

409 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

276 tasi oliy tibbiy ta`lim,

149 tasi onalik va bolalikni muhofaza qilish,  

 149 tasi farmasevtika yo`nalishiga daxldor masalalardir.

Hududlar kesimida:

Navoiy viloyatidan —  1281 ta,

Namangan viloyatidan — 1264 ta,

Toshkent shahridan — 1 257 ta, ya`ni eng ko`p murojaatlar yo`llangan.

Yo`nalishlar bo`yicha murojaatlarning hal etilishi ko`rsatkichlari quyidagicha:

  •  yuridik —70 foiz,  
  • o`rta maxsus tibbiy ta`lim — 67 foiz,
  •  onalik va bolalikni muhofaza qilish — 65 foiz,  
  •  qolgan yo`nalishlar bo`yicha — 62 foizdan 13 foizgacha.

 

Shuningdek, ayni paytda ijro jarayonidagi masalalarning 88 foizi birlamchi tibbiy yordam va tez tibbiy yordam yo`nalishlariga oid.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring