Prezident Xalq qabulxonasi: Xalq roziligi - ustuvor vazifa

Aholining  muammolarini o`rganish, ularga echim topish, kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollar daftaridan o`rin olgan fuqarolarni ish bilan ta`minlash  masalalari  Qashqadaryo viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonalari va sektor rahbarlari tomonidan joriy yilda ham  amaliy natijalar bilan davom ettirilmoqda. 

Koson tumanida  1-sektor rahbari bilan tashkil etilgan sayyor qabulda 80 dan ortiq  murojaatlar qabul qilindi, 50  nafar fuqaroning muammosi shu erning o`zida hal etildi.  Murojaatlarning aksariyati  bandlik, uy joy, tibbiy yordam, yo`l qurilishi, tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish,kredit olish   bilan bog`liq  masalalardir.

Koson tumanidagi “Quybog`” mahallasida istiqomat qiluvchi Nilufar Yo`ldoshevatadbirkorlik qilish istagi borligini aytib, chorvachilikni yo`lga qo`yish uchun imtiyozli kredit olishda yordam berishlarini iltimos qildi. Uning muammosi tez kunlarda hal qilib beriladigan bo`ldi.

Реклама на Unews

“Regzor” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekmurodovaning 4 nafar voyaga etmagan farzandi bor. Sayyor qabulga kelib, tikuvchilik qilish niyati borligini, ammo tikuv mashinasi olishga qurblari etmayotganligini aytib, ko`mak so`radi. Unga tikuv mashinasi sovg`a qilindi. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun   30 million so`m imtiyozli kredit ham beriladigan bo`ldi. Shu kuni  “Ayollar daftari”dan o`rin olgan yana 10 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. 

Furqat To`xtaev “Bunyodkor” mahallasida yashaydi. Mavsumiy ishlarda ishlab yurgan bu yigit sayyor qabulga kelib, dehqonchilik qilish istagi borligini bildirdi va er so`radi. Unga “Guvalak” hududidan 1 gektar er ajratib beriladigan bo`ldi. Gap shundaki,ushbu hududda foydalanilmay yotgan er maydonida intensiv  bog` tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni paytda 52 ta artezian quduq qazilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sayyor qabul davomida ish so`rab murojaat qilgan, “Yoshlar daftari”dan o`rin olgan yana 9 nafar yigit-qizga 1 gektardan er ajratilgani haqidagi sertifikatlar topshirildi. 

“Do`stlik” mahallasidan Shavkat Abdinazarov ko`pning dardini aytish uchun sayyor qabulga tashrif buyurdi. Ma`lum bo`lishicha, mahallada 2 500 dan  ortiq aholi istiqomat qiladi, 200 ga yaqin oila yangi uy-joy qurib, massivga ko`chib chiqishgan. O`zlari qo`lbola usulda simyog`ochlar o`rnatib, elektr simlari ham tortib olishgan. Bu esa  elektr ta`minotida muammolarni keltirib chiqardi. Ana shu masalalarsayyor qabulda o`rtaga tashlandi. Tuman elektr korxonasi tomonidan mahallaga yana qo`shimcha 160 kilovatli yangi transfarmator o`rnatib berildi. Yog`och ustunlar o`rniga temir ustunlar almashtirish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari  850 metrlik  zamonaviy kabel tarmog`i  ham tortilmoqda.

Реклама на Unews

“Do`stlik” mahallasida yashovchi Mahbuba Mo`minovaning ham shu kuni  tashvishlari ancha  engillashdi. Taqdirning achchiq qismati tufayli yon qo`shnisining  6 nafar farzand  bir kunda ham onadan, ham otadan ajralib qoldi. Ularni  o`z bag`riga olgan ayol 2 yildan buyon o`zining 2 farzandi bilan birga oq yuvib, oq tarab kelmoqda. Ammo ro`zg`or tebratish borasida biroz qiyinchilikka uchrayotganligi sababli yordam so`rab sayyor qabulga keldi. Shu kunning o`zida unga 30 million so`m yordam puli berildi. Bundan tashqari, homiylar tomonidan bolalarga kiyim- kechaklar, o`quv qurollari olib berildi. Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy manzillari bo`ylab sayohat ham  uyushtirildi.

Tumanning “Obod turmush” mahallasida istiqomat qiluvchi Kamol Jo`raev  taqdir sinovlariga engilmay kurashib kelayotganlarning biri. Garchi 2-guruhnogironi bo`lsa-da, ro`zg`orini boqish, 4 nafar farzandini bekamu ko`st qilib voyaga  etkazish uchun harakat qiladi. Tuman Xalq qabulxonasi va sektor rahbarlarining ko`magi bilan  “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 30 million so`m kredit olib, tomorqasidagi 5 sotix erga  issiqxona qurdi.  Bu ergalimon, pomidor, bodring ko`chatlariniekishni  rejalashtirayapti. 

Koson tumanidagi “Ayronchi” mahallasi tuman markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan. Shu vaqtgacha o`quvchilar 1932 yilda loy paxsadan  qurilganmaktabda ta`lim tarbiya olib kelishgan. Avvalgi qabullarda mahalla faollari va ota onalar  avariya holatiga kelib qolgan maktabni ta`mirlab berishlarini so`rab murojaat qilishgan edi. Bu muammoga ham ijobiy echim topildi. 2020 yilda 3 qavatli 300 o`rinli yangi maktab qurilishi  tuman hokimligi tomonidan investisiya dasturiga kiritildi. Qisqa muddatda yangi zamonaviy, barcha shart sharoitlarga ega  maktab barpo qilindi.  Bilim dargohi zamonaviy o`quv jihozlari bilan ham  ta`minlandi. 

           Ushbu mahallada 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bog`cha yoshidagi bolalar soni esa 500 nafardan ortiq. Ammo hududda bor-yo`g`i bitta maktabgacha ta`lim tashkiloti bo`lib, u ham 90 yillarda qurilgan, moslashtirilgan binoda faoliyat olib borgan. Aholining xalq qabulxonasiga murojaatidan sung, yangi maktabgacha ta`lim tashkiloti qurish mahalliy dasturga kiritilib, 3 milliard 400 million so`m evaziga 125 o`rinli  zamonaviy  bog`cha qurilib, ishga tushirildi.

“Esaboy” mahallasi tuman markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan. Hududdagi 1997 yilda qurilgan qishloq vrachlik punkti 3 ta mahalla, 6 ta qishloqning 10 mingdan ortiq aholisiga xizmat ko`rsatgan. Yillar o`tib  binonochor ahvolga kelib qolganligi tufayli, tibbiyot xodimlari qo`shni mahalla fuqarolar yig`ini binosining 3 ta xonasida faoliyat yuritishga majbur bo`lishdi.  Bugun investisiya dasturiga asosan  ajratilgan 586 million so`m evaziga eski bino  qayta rekonstruksiya qilindi. Ayni  paytda sunggi pardozlash ishlari amalga oshirilayapti. Ushbu zamonaviy oilaviy shifokorlik punktida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish uchun barcha shart sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. 

Bu xayrli ishlar aholi salomatligini mustahkamlash, maktabgacha ta`lim, maktab ta`limini tubdan yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish singari Prezident murojaatnomasidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta`minlashga  xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring