Prezident Toshkentdagi yangi zavodni ochib beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 dekabr kuni poytaxtning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ushbu ulkan majmua O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki mamlakatda qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.

Bu zavodda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Lekin turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Реклама на Unews

Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan.

Prezidentning majmua ochilish marosimida ishtirok etishi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring