Prezident Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bir muddat oldin bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishishi hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.

Davlat rahbari dastlab poytaxtning Uchtepa tumanidagi 22-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, qator poliklinikalar rahbarlari va qo‘shni mahallalar raislari bilan suhbatlashdi.





Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring