Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi

«Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qonunga muvofiq, aholiga narkologik yordam davlat narkologiya muassasalari yoki litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.

Narkologik kasallikka chalingan shaxsni davolash uning yoki qonuniy vakilining yozma roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi (majburiy davolash nazarda tutilgan holatlardan tashqari).

Реклама на Unews

Shaxsni majburiy davolashga muhtoj deb topish narkologiya dispanserlari tarkibidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Majburiy davolash sud qarori asosida qo‘llaniladi.

Majburiy davolashning davomiyligi shaxs davolash uchun joylashtirilgan kundan e’tiboran 5 kunlik muddatda narkologiya muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan belgilanib, davomiyligi 18 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Реклама на Unews

Majburiy davolanishda bo‘lishi davrida shaxslarni davolash maqsadida ularga mehnat terapiyasi qo‘llanilishi mumkin.

Majburiy davolanib chiqqan shaxslarni ishga joylashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, mehnat organlari hamda narkologiya muassasalari zimmasiga yuklatiladi.

Qonunga ko‘ra, davlat:

- psixoaktiv moddalardan o‘tkir zaharlanish natijasidagi psixozlar chog‘ida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini;

- ambulatoriya va statsionar sharoitlarda maslahat berish-tashxis qo‘yilishini, davolashni, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

Qonun kuchga kirgach «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida»gi Qonun o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring