Prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu 19 ming dollarga sotildi

Toshkentda «Rio-2016» olimpiadasi g‘olibiga tegishli, O‘zbekiston prezidenti sovg‘a qilgan Malibu sotilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videodagi noma’lum shaxsning aytishicha, bunday pozitsiyadagi Malibu’lar O‘zbekistonda 33 dona ishlab chiqarilgan.

«Prezident bu mashinani 2016 yilda Rio de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga sovg‘a qilgan. Avtomobil 57 ming kilometr yurgan. Malibu qora rangda. Unga qo‘shimcha jihozlar ham o‘rnatilgan. Narxi 19 ming dollar», — degan mashinani sharhlagan kishi.

Реклама на Unews

«Daryo» nashri muxbiri videotasvirda aytilgan telefon raqam bilan bog‘lanib ko‘rgan. Qo‘ng‘iroqqa javob bergan shaxsning aytishicha, Malibu unga tegishli emas.

«Men sotuvchiman. Malibu 19 ming dollarga sotildi», — dedi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring