Prezident So‘x tumanida bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdideb yozmoqda  "Sof.uz" nashri.

Prezident o‘tgan hafta So‘x tumanida bo‘lgan voqealarga ham to‘xtalib, munosabat bildirdi.

- Keyingi yillarda qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh joylardagi ko‘p muammolarni hal qilishga erishdik. So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga ta’sir qilmasligi kerak. Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur. Qo‘shnichilik - ming yilchilik. Xalqlarimiz yelkadosh bo‘lib, bir-birini hurmat qilib yashashi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Реклама на Unews

Bosh vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan muammolar o‘rganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020-2022 yillarda So‘x tumanini kompleks rivojlantirishga 500 milliard  so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. 11 ming yangi ish joyi tashkil etish rejalashtirilgan.

98 ta loyiha amalga oshirilib, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlantiriladi.

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. 1 ming gektar ekin yerlarida suv ta’minoti yaxshilanadi.

Реклама на Unews

Tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlari, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, markaziy shifoxona tibbiy asbob-uskunalar va maxsus reanimobil bilan ta’minlanadi. Maktablar, qishloq vrachlik punktlari, yo‘llar va ijtimoiy ob’yektlar ta’mirlanadi.

So‘xlik yoshlar uchun vodiy viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilida davlat granti asosida maqsadli ravishda qo‘shimcha 500 ta o‘rin ajratiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring