Prezident oliy ta`lim vazirligiga barcha oliygohlarga yangi tajriba qo`llashni topshirdi

Mendeleev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kilovatt quvvatli quyosh elektr uskunasi o`rnatilib, yiliga 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, 36 ta suv isitish qurilmasini o`rnatish hisobiga yiliga 4,2 million kilovatt soat yoki qariyb 2 milliard so`mlik elektr energiyasi tejalmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Oliy ta`lim vazirligiga ushbu tajribani barcha oliygohlarda 2022 yilning o`zida joriy qilish topshirildi.

 

Prezident vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o`tkazish vaqti kelganini ta`kidladi. Vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo`yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Реклама на Unews

 

Moliya vazirligi:

-  davlat idoralarida energiya resurslari iste`moli bo`yicha normativlarni ishlab chiqadi;

- yil yakuni bilan xarajatlarni kamaytirmagan rahbarlarga nisbatan chora ko`rish bo`yicha taklif kiritadi;

Реклама на Unews

- xorijiy konsultantlarni jalb qilib, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy ob`ektlarda Energiya tejamkorlik milliy dasturini ishlab chiqadi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring