Prezident Jizzax viloyatiga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 yanvar kuni Jizzax viloyatiga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’um bo‘lishicha, prezident viloyatga tashrifi davomida Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rgan va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.
“Asosiy maqsadimiz - xalq bilan armiya birdamligi. Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak. Milliy armiyamizning nuri, ma’naviyati hammaga yetib borishi zarur. Yoshlarni bu yerga olib kelib ko‘rsatish, o‘rgatish kerak. Bu ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tarixi va qudrati haqida bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Bundan ota-onalar ham xursand bo‘ladi”, - dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek, tashrif davomida yotoqxonalardagi sharoitlar, tibbiyot punktlarida yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirgan. Harbiylarning jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish va eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring