Prezident ilova yaratishda g‘olib chiqqan yoshlarga 5000 dollardan mukofot puli beradi

«Doimo rivojlanib boradigan va doim mukammallikga erishishga harakat qiladigan o‘quv markazidir. Bizning o‘quv markazimiz yosh bolalardan tortib katta yoshdagi insonlargacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish uchun ochiq...», deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qarshi shahridagi Global Education o‘quv markazining veb-saytiga kirsangiz, shu so‘zlarga ko‘zingiz tushadi. O‘zbekiston va BAA hukumati tomonidan IT startaplar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda aynan shu o‘quv markaz g‘olib chiqdi. Demak, u darhaqiqat rivojlanmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan tashrifi davomida ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratdi. «Qashqadaryoda maktablar ahvoli ham, tibbiy xizmat sifati ham qoniqarsiz. Muammolar juda ko‘p. Ota-onalar ta’lim tizimidan norozi. Aksariyat aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni to‘g‘ri emas. Shu bois bu sohalarda boshlangan islohotlar viloyat uchun o‘ta muhim va zarur», — deyiladi Prezident matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotda.

Vaziyat haqiqatan og‘ir. Va mana shunday sharoitda ham Global Education kabi o‘quv markazlarning faolligi kishini xursand qilmay qolmaydi. Ta’lim esa hatto pandemiya davrida ham to‘xtab qolmadi.

— Pandemiya boshlangani hamono onlayn ta’lim beradigan ilova yaratishga qaror qildik. Markazning ichki resurslari hisobiga bu ishning uddasidan chiqdik. Ayni vaqtda Roboteach ilovasi orqali har qanday odam ingliz tili o‘rganishni boshlashi mumkin, — deydi markaz rahbari Sardor Sodiqov.

Yuqorida Global Education tayyorlagan ilova startaplar tanlovida g‘olib chiqqanini aytgan edik. G‘oliblar 500 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu pullar ham o‘quv markazini rivojlantirishga sarflanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik o‘qituvchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida Global Education xodimlari bilan ham suhbatlashdi. Davlat rahbari o‘quv markazi tayyorlagan ilovaga o‘zbek tilini o‘rgatish darslarini ham kiritishni taklif etdi.

— Ilovada ko‘plab xorijiy tillar bilan birgalikda albatta o‘zbek tili darslari ham bo‘ladi, — deydi Sardor Sodiqov. Uning ta’kidlashicha, tanlovda qo‘lga kiritilgan 500 million so‘m to‘lig‘icha ilova rivojiga sarflanadi. U va o‘quv markazining boshqa xodimlari bu pulni o‘zlariga ham sarflashlari mumkin edi. Ammo yoshlar boshqacha yo‘l tanlashdi.

Aynan shu holat Prezidentning nazaridan chetda qolmadi. Global Education o‘quv markazining 5 nafar ijodkor yoshlariga 5000 dollardan mukofot puli beriladigan bo‘ldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring