Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo`lga olingan mansabdorlar haqida ma`lumot berildi

Kecha,15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o`tkazilgan  yig`ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ham ko`rib chiqildi, deya xabar bermoqda O`zA.  

Majlisda oxirgi olti oyda bu yo`nalishda olib borilayotgan keskin kurash o`z natijasini berayotgani qayd etildi. Ko`rilgan choralar natijasida bir qator mansabdor shaxslar qo`lga olingan bo`lib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegishli jazo choralari belgilanishi kutilmoqda.

Jumladan, Qibray tumani hokimining investisiya masalalari bo`yicha o`rinbosari J.Mashrabov 2020 yilning 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar bo`sh er maydonini 60 ming AQSh dollariga sotishni taklif qilib, 35 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qo`lga olingan.  

Реклама на Unews

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari B.Allamuratov Chilonzor tumanidagi investisiyalar va tashqi savdo bo`limi boshlig`i X.Shukuralievga 2020 yilning 25 iyun kuni Chilonzor tumanidagi 1 gektar er maydonini 1 mln. 400 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Andijon viloyati, Marhamat tumani hokimi yordamchisi U.Alijonov 2020 yilning sentyabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 ga er maydoni ajratish uchun jami 29 000 AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Farg`ona viloyati, Buvayda tumani hokimining birinchi o`rinbosari M.Dehqanov joriy yilning oktyabr oyida Buvayda tumanida joylashgan “Erkin iqtisodiy hudud”dan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun 50 sotix er maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSh dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan.

Реклама на Unews

Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani hokimi o`rinbosari  A.To`ymachov, Kadastr bo`limi boshlig`i I.Qoraboev bilan birgalikda 2020 yilning 18 mart kuni Oqqo`rg`on tumanida joylashgan 1,5 ga er maydonini 1500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan.

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani hokimining o`rinbosari Z.Mirzaxodjaev 2020 yilning oktyabr oyida Bo`stonliq tumanida joylashgan 5 sotix er maydonini 25 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring