Prezident 33 ta «qoniqarsiz» tuman hokimi va sektor rahbarlari ishdan ketishi kerakligini aytdi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning 2020 yil 1 maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan edi. Shunga muvofiq, birinchi marta tuman va shaharlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o‘rganildi.

Tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati «yaxshi», «o‘rta» va «qoniqarsiz» hududlarga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shahardagi holat «yaxshi», 119 tasida «o‘rta» hamda 33 tasida «qoniqarsiz» deb topilgan.

Реклама на Unews

Videoselektor yig‘ilishida ushbu tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etish, ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan hududlarga ko‘maklashish choralari muhokama qilindi.

 

 

Реклама на Unews

“Bizda 33 ta «qoniqarsiz» tuman bor. Ularning hammasi ishdan ketishi kerak. To‘rtta sektor rahbari ham ketadi” - dedi prezident.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring