Poytaxtda sovuq kunlarda «sovuq xabarlar» ko‘paydi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli qator manzillarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlar:

  • Qizil Sharq mavzesi;
  • Al-Xorazmiy mavzesi;
  • Chilonzor-18, 19, 20 mavzelari.

Bunda barcha xonadonlarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.

Реклама на Unews

Kuni kecha Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qolgani ma’lum qilingandi.

Unda Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli bir qator manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatilgani aytilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring