Pochta bo‘limlarida bank xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilish ikki barobarga kengaytiriladi hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jumladan, pochta bo‘limlarida plastik kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish, kredit olish to‘g‘risidagi arizalarni rasmiylashtirish hamda kreditlarni so‘ndirish mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida 13 ta davlat xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring