Pnevmoniya bo`yicha kunlik ko`rsatkichlar ma`lum qilindi

20 avgust kuni 412 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 20393 nafarga etdi. Kecha ularning 408 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 12929 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 138 nafarga etdi.

Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog`ayish ko`rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring