“Paxtakor”ni yiliga 1,5 mln yevro maosh oladigan mutaxassis boshqarishi mumkin

Futbol mutaxassisi Slaven Bilich O‘zbekistonda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Xorvatiyalik mutaxassis “Paxtakor” bilan muzokara olib borayotgani aytilmoqda,   deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Bilich 16 dekabr kuni Angliyaning “Vest Bromvich” jamoasida bosh murabbiylikdan bo‘shatilgan edi. Mutaxassis jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab ishdan olingan.

Bilichning “Vest Bromvich”dagi omadsiz mavsumiga qaramay Toshkent jamoasi rahbariyati uni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi. “Paxtakor” Bilich bilan Osiyo Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishga ishonmoqda. Qator OAVda mutaxassisning “Paxtakor”dagi maoshi yiliga tahminan 1,5 mln yevroni tashkil etishi aytilmoqda.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring