Parijdagi namoyishlar dahshatli tus oldi (videolar)

Kecha, 28 mart kuni Parijda o‘tkazilgan pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishi zo‘ravonliklarga aylanib ketdi. Fransiya poytaxtida 100 mingga yaqin odam namoyishga chiqdi va ular orasidagi niqobli guruh og‘ir zirhli politsiya bilan to‘qnashdi. Bu haqda RT xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyishchilarning yurishi dastlab tinch boshlangan, ammo olomon shahar markazining sharqida joylashgan “Place de la Nation” manziliga yaqinlashganda qora kiyingan faollar do‘kon peshtaxtasiga o‘t qo‘yib yuborgan. Shundan so‘ng politsiya olomonni tarqatish uchun ularni tayoq bilan ura boshlagan.

Реклама на Unews

Tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda zobitlar namoyishchilarning eng oldingi qatorlariga zarbalar yog‘dirgani, ularning ba’zilari tosh otish bilan javob berganini ko‘rish mumkin. Namoyishchilar shaharning boshqa hududlarida ham chiqindi qutilarini yoqib yuborgan va noma’lum miqdordagi do‘kon vitrinalariga zarar yetkazgan.

Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, namoyishda 93 ming kishi qatnashgan, Fransiya ichki ishlar vazirligi esa butun mamlakat bo‘ylab jami 740 ming kishi norozilik namoyishi o‘tkazganini ma’lum qilgan. Kasaba uyushmalari va norozilik namoyishi tashkilotchilari bir necha bor hukumatni ishtirokchilarni kam hisoblaganlikda ayblashgan, CGT kasaba uyushmasi birgina Parijda 450 ming kishi ishtirok etganini taxmin qilgan.

Miting oldidan Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin butun Fransiya bo‘ylab 13 ming (shulardan 5 ming nafari Parijda) qo‘shimcha politsiyachini joylashtirgan. 27 mart kuni kechqurun safarbarlikni e’lon qilar ekan, Darmanin mingdan ortiq radikal faollar namoyishlarda zo‘ravonlikni qo‘zg‘atishga tayyorlanayotgani uchun bunday kuch zarurligini aytgan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tizimning moliyaviy muvozanatini ta’minlash maqsadida pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirish va maxsus pensiya rejimlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi islohot joriy yilning yanvar oyida taqdim etilgan edi. Taklif etilayotgan o‘zgarishlar darhol ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab bir necha bor ommaviy namoyish va ish tashlashlar o‘tkazilgandi. Joriy yilning 16 mart kuni esa Bosh vazir parlamentni chetlab o‘tib, hukumat mas’uliyati ostida pensiya ta’minoti tizimiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinishini ma’lum qilgandi. Kasaba uyushmalari va muxolif siyosiy partiyalar vakillari hukumatning bu harakatini qoralab, butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashlarni ko‘paytirishga chaqirgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring