Pandemiya tufayli 2021 yilda yo`q bo`lib ketishi mumkin bo`lgan kasblar nomi e`lon qilindi

Ish qidirish va ishga yollash bo`yicha dunyodagi eng yirik saytlardan biri bo`lgan Glassdoor tahlilchilari pandemiya davrida talab kamaygan va 2021 yilda xavf ostida qoladigan 20 ta kasb ro`yxatini tuzib chiqishdi. Ularning aksariyati xizmat ko`rsatish sohasidagi kasblar, ammo ular orasida tibbiyot va ta`lim sohasidagi lavozimlar mavjud.

Glassdoor Qo`shma Shtatlarda 2019 yil oktyabr va 2020 yil oktyabr oylari oralig`ida joylashtirilgan milliondan ziyod ochiq ish (vakansiya) e`lonlarini tahlil qildi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar “ommabop kasblar” ni (yiliga kamida 5 ming bo`sh ish o`rinlari e`lon qilinadigan lavozimlarni) ko`rib chiqdilar, deyiladi hisobotda.

Shunga asoslanib, tadqiqot mualliflari pandemiya paytida eng ko`p talab kamaygan va 2021 yilda xavf ostida bo`lgan 20 ta kasb ro`yxatini tuzdilar. Unga ko`ra: 20ta ish lavozimlari kiritilgan bo`lib, bizga noma`lum bo`lgan va bizning sharoitimizda baribir yo`q bo`lmaydigan kasblar ham bor.

Реклама на Unews

Bizda juda ham ommabop bo`lmagan kasblar:

Mahsulotni namoyish etuvchi,

Tovar elchisi (Ambassadori),

Реклама на Unews

Hisob-kitoblarni to`lash bo`yicha mutaxassis,

Go`zallik bo`yicha maslahatchi,

Tadbirlar koordinatori,

Uy hayvonlarini parvarish qiluvchi,

Instruktor

Bizda endi ommalashayotgan kasblardan:  

Boshqaruvchi yordamchisi,

Mehmonxona ishchisi,

Stilist,

Mehmonlarni qabul qiluvchi – Qabul qiluvchi (Resepshionist),

Savdo menedjeri,

Kadrlar bo`yicha mutaxassis,

Murabbiy (sport yo`nalishida).

Hayron qolarligi tibbiyot yo`nalishidagi kasblar ham bor:

Audiolog,

Optik,

Fizioterapevt.

Adashmasak, bizda yo`qolib ham, talab ham kamaymaydigan sohalar ham tadqiqot xulosasi o`laroq kiritilgan bular:

Oshpaz va Buxgalter.

“Pandemiya va global inqiroz iste`molchilarning ish joyidagi xatti-harakatlari va odatlarini o`zgartirmoqda. Shuning uchun audiolog, ijrochi yordamchi va murabbiy (sport bo`yicha) kabi ba`zi kasblarga bo`lgan talab ko`p yillar davomida asosiy lavozimlarga bo`lgan talab sifatida qaytmasligi mumkin yoki umuman kasb sifatida qayt itklanmasligi mumkin», – dedi Endu Chemberlen, Glassdoorning bosh iqtisodchisi.

Prognozda boshqa omillar va 2021 yilda yuz berishi mumkin bo`lgan kutilmagan voqealar hisobga olinmagan, deydi tahlilchilar. Ular “2021 va undan keyingi yillarda iqtisodiyot tiklanib borishi bilan mehnat bozorida katta siljishlarni” bo`lishini kutishmoqda.

Glassdoor ma`lumot o`rnida aytadigan bo`lsak, dunyodagi eng katta ish qidirish va yollash saytlaridan biri hisoblanadi. Platformada qidirish va ariza berish imkoniyati berilgan, Glassdoorning shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Mill Vodiysida joylashgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring