Pala partish shaharsozlik, daraxtlar kesilishi, suv havzalarining yo`q qilinishi... Eko faol chang g`ubor haqidagi xulosalarini aytdi

Eko faol Nataliya Shulepina Toshkent shahrida chang g`ubor hodisalari haqida o`z fikrini bildirib o`tdi.   U poytaxtda ko`tarilgan chang-g`uborning sababini shaharda ventilasiya yo`qligi bilan bog`lagan.

 – Ilgari shaharda havo oqimlarining harakatlanishi, shahar havosida to`plangan iflos moddalarini tashqariga chiqib ketishi, chang ko`tarilishi oldi olish choralari ko`zda tutilib shahar rejasi ishlab chiqilgan edi. Hayot omillarini hisobga olmagan holda pala partish va cheksizlikka qarab intilayotgan qurilish ob`ektlarida endilikdagi bosh rejada bu kabi omillarni inobatga olish yo`q. Birgina shaharsozlikning pala partish tashkil etilayotgani asosiy muammo emas. Transport vositalaridan chiqayotgan iflos moddalar, daraxtlar kesilishi, suv havzalarining yo`q qilinayotgani ham hudud uchun alohida xususiyatga ega mikroiqlim hosil bo`lishiga va bu omil kelayotgan xavfni kuchaytirib berishga o`z hissasini qo`shadi, – deb ta`kidlaydi Nataliya Shulepina.

 

Реклама на Unews

Ekolog hattoki, chala cho`l hududlarda yangi erlar o`zlashtirilganda ham atrofiga qalin tutzor, shamol kuchini pasaytiruvchi, shamolga chidamli daraxtlar ekilib, chang bo`ron ixotalanganligiga e`tibor qaratadi. O`sha paytda ilmiy asoslangan siyosat mahsuli sifatida  "Buxoro belbog`i" nomi bilan mashhur atamani ham eslatib o`tadi.   

– Hozir unday emas, yangi o`zlashtirilgan erlar atrofi daraxtlar bilan deyarli ixotalanmaydi. Ko`pchilik fermerlar agranom emas, ular tabiatga emas, erlarga qiziqadi, har bir erdan unumli foydalanishga maksimal harakat qiladi. Yashil kamarlar tashkil etilmaydi, buni xayoliga xam keltirishmaydi, shamollar esa huvullab u yoqdan bu yoqqa aylanib, xoxlagan ishini qilib yuraveradi.

O`tgan asrning 50 yillari qozoq erlari mustahkam o`simlik qoplamiga ega landshaftli zamin edi. Ularda ham erlarni o`zlashtirish boshlanib ketdi. Chordara suv ombori qurilishi ortidan, ming minglab gektar erlar haydaldi. Oxirgi yillar Qozog`iston janubida iqlim o`zgarishi, o`zgarish fonida haroratning isishi va qurg`oqchilik omili tuproq degredasiyasini kuchaytirib yubordi. Endilikda, hattoki, kuz-qish oylarida kutilajak shamollardan Toshkent viloyati atrof hududlarida chang bo`ronlar ko`tarilishi xavfi paydo bo`lib qoldi, – deydi eko faol.

Реклама на Unews

 

U  "Yashil makon" umummilliy loyihasi haqidagi xulosasi bilan ham o`rtoqlashadi. 

" – Loyiha asosida har bir hududda ko`chat ekish tadbirlari yaxshi yo`lga qo`yildi. Bu orqali shamolda erdagi zarachalarning ko`tarilishi oldi olinishi va chang bo`ronlari xavfini kamaytirishga erishiladi. Hozirgi vaziyat va mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, daraxtzorlar tashkil etish shu muammoni echishdagi optimal variantdir. Ammo, iqlim o`zgarishi, qurg`oqchilik omilining xavflilashib borish kutilmalari inobatga olinsa, kelgusida ularni sug`orish masalasi ham mahalliy hokimyatlar oldida asosiy bosh qotirma bo`ladi.  

Suv zaxiralari kamaymoqda, shuning uchun sug`orishning boshqa yo`llarini izlagan va uni amalda qo`llagan ma`qul. Masalan, respublikaning yil davomida 180-300 mm oraliqda yog`in yog`adigan adir, tog` oldi va ayrim tekislik mintaqalarida mulcha, bepoyon cho`l va chalacho`l mintaqalarida ekilgan ko`chatlarga esa gidrogel o`g`itini qo`llash usuli o`z samarasini berishi mumkin. Mulcha usuli yordamida bog` yaratishda sug`orish talab etilmaydi. Tuproq namini plenka yordamida ushlab qolish evaziga yashillilikni barpo etish mumkin. Gidrogel o`g`itlari esa qish-baxor oylarida yog`gan yog`in hisobiga, cho`l va chala cho`llarda tuproq namini uzoqroq ushlab turish xususiyatiga ega. Bu sug`orish usullari bo`yicha ilmiy sferada olimlarimiz uzoq yillik ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Albatta, joylarda ekilayotgan ko`chatlar turini ham joyning geografik sharoitidan kelib chiqib tanlash kerak. Ignabargli daraxtlar ekishni kamaytirish kerak. Cho`l va chala cho`l hududlarida mahalliy saksovul, yulg`un kabi buta va yarim buta o`simliklari ekilishi maqsadga muvofiq. Iqlimning kelgusida isishi inobatga olinib, keng bargli daraxtlarga urg`u berish, keng bargli daraxtlarni tanlashda allergiyani keltirib chiqarmaydigan turlar tanlab olinishi lozim, – deydi  N.Shulepina. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring