"O`zgidromet" vodiy aholisini bugun kutilayotgan sel xavfidan ogohlantirdi

Bugun kunduz kuni vodiy viloyatlari atmosferasida biroz beqaror ob-havo kutilmoqda. O`zgidromet prognozlarida 15 iyun kunning ikkinchi yarmida vodiy viloyatlarida kuchli jala yog`in, chaqmoq-momaqaldiroq hodisalari bo`lishi aytilgan.

Farg`ona Gidrometeorologiya boshqarmasi viloyatning So`x, Farg`ona hamda Beshariq tumanlarida, Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo`rg`on tumani ayrim hududlarida 15-17 iyun kunlari mahalliy yog`inlardan sel-suv toshqin xavfini e`lon qilishdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring