O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha pozisiyasi ma`lum bo`ldi

Oliy Majlis Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Farhod Arziev vazirlik faoliyati yuzasidan senatorlarning savollariga ham javob berdi.

Xususan, Afg`onistondagi vaziyat bo`yicha F.Arziev O`zbekiston Afg`onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o`rtasida Afg`onistonning yangi hukumatini tuzish bo`yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor, deb ta`kidladi. O`zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalision hukumatni tuzish asnosida tinchlik o`rnatilishini qo`llab-quvvatlashi aytildi.

Shuningdek, O`zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg`onistondan fuqarolarni tranzit yo`li bilan xavfsiz joyga ko`chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg`onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga etib borishi kafolatlangan. Tranzit yo`li bilan O`zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi.

Реклама на Unews

Afg`onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakolatxonalari faoliyati to`xtatilgani, o`z navbatida O`zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o`tildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring