O`zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

Respublikamizda har yili 6-8 turdagi to`da hosil qiluvchi zararli chigirtkalarga qarshi kompleks kurash chora-tadbirlari olib boriladi. Jumladan zararli chigirtkalar ko`p tarqalgan Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Qoraqolpog`iston Respublikasida kimyoviy kurash ishlari davom etmoqda. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda O`simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma`lum qildi.

 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilda respublika bo`yicha zararli chigirtkalar tarqalishi mumkin bo`lgan 580,3 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlov o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Bugungi kungacha O`zbekiston hududida 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganligi aniqlangan. 284,0 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o`tkazilgan. Bunday jarayonlar Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm, Namangan, Farg`ona viloyatlari hududida kimyoviy ishlovlar o`tkazildi. Eng katta ishlov berilgan maydonlar hududi Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqolpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi.

Реклама на Unews

 

Ma`lumki, zararli chigirtkalarning qo`shni respublikalardan uchib o`tish xavfi ham mavjud. Shuni inobatga olgan holda joriy yilning:

-  28 mart va 2 aprel kunlari O`zbekiston Respublikasi O`simliklarni karantini va himoyasi agentligi hamda Tojikiston Respublikasi Chigirtkalarga qarshi kurash bo`yicha davlat unitar korxonasi olim va mutaxassislari tomonidan Tojikiston Respublikasining Rudakiy, Shaxritus, Nosiri Hisrav tumanlarining chegara hududlarida va O`zbekiston Respublikasining Uzun, Jarqo`rg`on, Qumqo`rg`on, Sho`rchi va Termiz tumanlarida;

-  26-27 may kunlari Qozog`iston Respublikasi Turkiston viloyatining Keles, Sariyog`och, Qazigurt tumanlarida

Реклама на Unews

-  31 may-3 iyun kunlari O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari ishchi guruhlari tomonidan Tojikiston Respublikasi So`g`d viloyatining Istaravshon, Zafarobod va Shaxriston tumanlarining chegaradosh hududlarida va O`zbekiston Respublikasi Jizzax viloyatining Yangiobod, Zomin tumanlarida zararli chigirtkalarni tarqalishini oldini olish maqsadida hamkorlikda kuzatuvlar olib borildi. Shuningdek, qo`shni mamlakatlarning fitosanitar xxizmatlari bilan monitoringni davom ettirish va natijalar yuzasidan axborot almashinuvini olib borishga kelishib olindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda hamda qo`shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarni paydo bo`lishi va tarqalishi bo`yicha kuzatuv ishlari yo`lga qo`yilgan, joylardagi vaziyat nazoratga olingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring