O‘zbekistonliklarni Rossiyada ishlash uchun jalb etish jarayoni yanada soddalashtirilmoqda

Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida tashkil etilgan ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi vakili Saidnumon Mansurov ma’lum qildi.

 

“Bugun Federal tibbiy va biologik agentlik (FMBA) xodimlari O‘zbekistonda ishlamoqda, Toshkentda “Saxarovo” Migrasiya markazi o‘z filialini ochdi, pasport-viza markazi bu xizmatni ochish bo‘yicha barcha tartib-qoidalarni yakunlamoqda, shu bilan biz jarayonni soddalashtirmoqdamiz”, - dedi u.

 

Agentlik vakili o‘zbekistonliklarni Rossiya korxonalarida ishlash uchun jalb qilishni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun Rossiya davlat organlariga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi qurilish ob’ektlari va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlash uchun O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etish loyihasi 2021 yilda boshlandi. Tomonlar 10 ming fuqaroni ish bilan ta’minlashga kelishib oldilar.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring