BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonliklar 2020 yilda qancha valyuta sotib olgani ochiqlandi

Joriy yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 mln. dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdideb yozmoqda "Sof.uz" nashri. 

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 557 mln. doll.).

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo 491 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 351 mln. dollarga (yoki 42 foizga) kamaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Oʻzbekiston Rossiyaga gaz yetkazib berishni toʻxtatdi Respublika tabiiy gaz va umuman, barcha xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va monetizatsiya yoʻlidan ketmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.   Oʻzbekiston COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli Rossiyaga gaz eksportini butunlay toʻxtatdi, Xitoyga esa gaz eksportini uch baravar kamaytirdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda muhokama qilindi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston 24” telekanali. Yigʻilishda qayd etilganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tabiiy gazning Xitoyga eksporti uch baravar kamaytirildi, Rossiyaga esa butunlay toʻxtatildi. “Davlatimiz xom ashyoni chuqur qayta ishlash va monetizatsiya qilish yoʻlidan ketmoqda. Import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari koʻrilmoqda”, - deb xabar berishdi prezident matbuot xizmatida. Yigʻilishda, shuningdek, davlat rahbari video-aloqa orqali neft-gaz va kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi. “Oʻzbekneftgaz” AJ maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2019 yilda gaz eksportini 2018 yilga nisbatan 15 foizga oshirishni rejalashtirgan. Eksport tarkibida oʻzbek gazini Xitoyga yetkazib berish hajmi qariyb 10 milliard kubometrni, Rossiyaga toʻrt milliard kubometrni tashkil etadi, qolgan qismi Markaziy Osiyoning qoʻshni mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Joriy yil uchun gaz eksporti prognozlari oshkor qilingani yoʻq. Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish 2018 yilga nisbatan 1,6 foizga kamayib, 59,46 milliard kubometrni tashkil etdi, bu yilda qazib olishni 7,2 foizga, 63,8 milliard kubometrgacha oshirish rejalashtirilmoqda.  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring