O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar muddatidan avval Osiyo chempioniga aylandi
834 15-03-2023 0 SportBugun, 15 mart kuni Mo‘g‘ulistonda davom etayotgan xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turda O‘zbekiston jamoasi Tailand vakillari bilan to‘qnash kelib, 10:2 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval qit’a birinchligida g‘olib bo‘ldi.
16 mart kuni o‘zbekistonlik xokkeychilar so‘nggi turda BAA jamoasi bilan kuch sinashadi.
Реклама на Unews
Osiyo chempionatida 6 ta davlat terma jamoasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston jamoasi o‘tgan turlarda Turkmanistonni 5:0, Eronni 14:1, Mo‘g‘ulistonni 7:4 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.