O‘zbekistonlik ikki sportchi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi

Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IBF)ning xabar berishicha, o‘zbekistonlik ikki nafar bodibildingchi topshirgan doping testi natijalarida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Bodibildingchi Tixon Galaktionovda testosteron va stanozolol moddalari aniqlangan bo‘lsa, Milena Prudskixda torasemid (diuretik) moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Sportchilar 2026 yil noyabr oyiga qadar diskvalifikatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, Torasemid — diuretik, Testosteron va stanozolol esa — anabolik gormon hisoblanadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring