Oʻzbekistonga uchadigan Rossiya aviakompaniyalari roʻyxati kengaydi

Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasining turli shaharlariga parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar roʻyxatini kengaytirdi,  deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

 Rosaviatsiya tegilshi litsenziyaga ega bir nechta aviakompaniyalarga fuqarolarni yoki yuklarni tashish boʻyicha chet elga xalqaro reyslarni amalga oshirish huquqini berdi. Aviakompaniyalar roʻyxati idora sayti qarorida eʼlon qilingan.

11ta aviakompaniyalar ichida eng koʻp yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirish huquqini AZUR air kompaniyasi qoʻlga kiritgan.

Реклама на Unews

Markaziy Osiyo mamlakatlariga parvoz punktlari orasida Oʻzbekiston ham bor.

Rosaviatsiya qaroriga muvofiq, endilikda "IrAero", "Severnыy veter", "Red Vings" kabi aviakompaniyalar haftasiga 2-5 martagacha Rossiyaning Nijnevartovsk, Moskva, Krasnoyarsk, Ufa, Yekaterinburg, Rostov-Dondan Oʻzbekistonning Andijon, Namangan, Fargʻona va Samarqand singari shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi mumkin.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni ortgan. Xususan, AZUR air Irkutskdan Tojikistonga, "Severnыy veter", "Red Vings", "AZUR eyr", "Azimut", "Severnыy Veter" - Qozogʻistonga, "Severnыy veter" esa Qirgʻiziston(Bishkek)ga parvozlarni amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring