O‘zbekistonga Kaspiy dengizi tomondan nam havo oqimi kirib keladi

Bugun, 15 may kuni O‘zbekistonning katta qismida ob-havo asosan quruq va nisbatan salqin bo‘ladi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida esa kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

16 mayda atmosfera fronti o‘tishi natijasida bulutlar ko‘payib, ayrim joylarga momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Bu kunlarda kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi, bu may o‘rtasi uchun xos bo‘lgan me’yordan 3-6 darajaga pastdir.

Реклама на Unews

17 mayda mamlakatm hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning janubiy va markaziy viloyatlarida ob-havo bir oz nobarqaror bo‘ladi. Bu hududlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17 may kechga borib O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi tomondan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

17 mayda havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Реклама на Unews

"Koronavirus mojarosi": Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda

“Abu Saxiy” bozori faoliyatiga ruxsat berildimi? Mutaxassis aniqlik kiritdi

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutiladi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring