O‘zbekistonga Hindiston vaksinalari ham olib kelinishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonga Hindiston vaksinalari ham olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
 
«Hozirda Hindistonda 3 ta vaksina ustida ish borilmoqda. Birinchi vaksina Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi boshchiligida Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan, ikkinchi vaksina Serum instituti tomonidan, uchinchisi esa Zydus Cadila kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan», — deya ma’lum qildi Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat «O‘zbekiston 24» ga bergan intervyusida.

Birinchi vaksina ayni paytda uchinchi bosqich sinov jarayonlaridan o‘tkazilmoqda. Qolgan ikki vaksina esa ikkinchi bosqichda sinovdan o‘tayotganligi ma’lum qilindi.

«Hindistonda ishlab chiqarilayotgan vaksina kompaniyalari bilan O‘zbekiston videokonferensiya uchrashuvlarini olib bormoqda. Bizga shu yo‘nalishda vaksinalarni xavfsiz va bezarar mahsulotlarni halqimizga yetkazib berish vazifasi qo‘yilgan», — dedi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring