O`zbekistonga 25 dekabrdan karantin cheklovlari qaytishi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

Bugun Telegramda 25 dekabrdan karantin cheklovlari qaytishi, maktab, bog`cha va keng savdo-sotiq yarmarkalarining ishlashi cheklanishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bunga manba qilib KunUz nashridagi bir havola berilgan.

️Bloger Xushnudbekning yozishicha,  bu yolg`on ma`lumot!

Birinchidan, linki berilgan Kun.uzdagi xabar umuman boshqa narsa haqida yozilgan. Ikkinchidan, matn g`ij-g`ij xato bilan yozilgan.

Реклама на Unews

Qaysidir chalasavod yolg`on ma`lumot tarqatsa, darrov ishonib ketavermasdan, ozgina tekshirishni ham o`rganaylik, iltimos. Bugungi axborot asrida bunaqa yolg`on xabarlar ko`p tarqaladi, shuning uchun o`zimizda ham ozgina immunitet hosil qilishimiz, yolg`onni rostdan ajrata olish ko`nikmamizni shakllantirib borishimiz kerak.

Lekin feyk xabardagi bitta gap to`g`ri: iltimos, niqobsiz yurmang, niqob taqishni hali hech kim bekor qilgani yo`q!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring