O`zbekistondan xorijga 2 mln AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqib ketayotgan aka-ukalar qo`lga tushdi

DXX tomonidan Namanganning Kosonsoy tumanida yashovchi aka-ukalar avtomashinada “o`zbek-qirg`iz” davlat chegarasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida to`xtatildi. Avtomashinasida bir dona polietilen paketda 205.600 AQSh dollari, sintetik qopda esa 836.300 AQSh dollari, shuningdek, boshqa bir sintetik qopda 800.000 AQSh dollari, jami 1.841.900 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom  ettirilib, Kosonsoyda yana bir tadbirkor qo`lga olindi. Uning "Malibu" rusumli avtomashinasida 167.100 AQSh dollari borligi aniqlandi. 

 

O`tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 2 mln 9 ming AQSh dollarining noqonuniy ravishda mamlakatimizdan olib chiqib ketilishiga chek qo`yildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring