O`zbekistondagi barcha "zapravka"larda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tashkil qilinadi

"Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori (PQ–444-son, 19.12.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

 

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan savdo va biznes markazlari, ko`ngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo`llari bo`yidagi infratuzilma ob`ektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi belgilanadi.

2024 yil yakunigacha respublikada elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari sonini kamida 2 500 taga etkazish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Реклама на Unews

 

Bunda:

  • 2023 yil davomida elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalarga tutash hududlardan 1500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o`rnatish uchun er uchastkalari auksionga chiqarilishi;
  • xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo`llariga tutash hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalari yaqinida kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari barpo etilishi;
  • 2023–2024 yillarda kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun er uchastkalari “K–SAVDO” AAT orqali auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutiladi.

2023 yil 1 yanvardan:

  • tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari orqali elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlarni quvvatlantirish maqsadida elektr energiyasini sotish (realizasiya qilish) huquqi beriladi;
  • transportlarni quvvatlantirish xizmatining tarifi (narxi), elektr energiyasining tasdiqlangan tarifidan qat`i nazar tadbirkorlar tomonidan mustaqil belgilanadi.

2023 yil 1 dekabrgacha faoliyat ko`rsatayotgan avtomobillarga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz quyish shoxobchalarida kamida 1 ta (4 kanalli) 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi o`rnatiladi.

Реклама на Unews

2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha:

  • elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular o`rnatilgan avtomobil to`xtash joylari joylashgan er uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan er solig`idan, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari yuridik shaxslarning mol-mulk solig`idan;
  • asosiy faoliyat turi transportlarni quvvatlantirish xizmatini ko`rsatish bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari foyda solig`idan;
  • transportlarni quvvatlantirish xizmatini ko`rsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqdan;
  • xorijdan olib kelinadigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring