O'zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi! UzAuto nechanchi o'rinda?

Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet 2021” loyihasini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan. Ushbu kompaniyalar 2021-yilda davlat budjeti tushumlarining 47,3 foizini ta’minlashi kutilmoqda.

  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 6,4 foiz;
  • “O‘zbekneftgaz” AJ — 5,1 foiz;
  • “O‘ztransgaz” AJ — 3,3 foiz;
  • Lukoil overseas supplying and trading DK — 3,1 foiz;
  • “O‘zbekenergo” AJ — 2,3 foiz;
  • “O‘zBAT” AJ — 1,7 foiz;
  • UzAuto Motors AJ — 1,5 foiz;
  • Unitel (Beeline) QK MChJ — 0,5 foiz;
  • Coscom (Ucell) QK MChJ — 0,5 foiz;
  • “O‘zbektelekom” AJ — 0,5 foiz;
  • “Qizilqumsement” AJ — 0,5 foiz;
  • Uz-Kor Gas Chemical MChJ — 0,4 foiz;
  • Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi MChJ — 0,3 foiz;
  • “Toshkentvino” kombinati — 0,3 foiz;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” — 0,2 foiz;
  • Tashkent Tobacco MChJ— 0,2 foiz;
  • Universal mobile sistem (Mobiuz) — 0,2 foiz;
  • “Ohangaronsement” AJ — 0,1 foiz;

Foto: Moliya vazirligi

Реклама на Unews

Loyihada qayd etilishicha, davlat budjeti daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchilar turkumiga kiruvchi korxonalardagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa daromadlar — asosan davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlar, davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar hisobidan shakllanadi.

2019-yildan farqli ravishda ro‘yxatda Coca-Cola, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Muborakneftgaz”, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” va boshqa yirik kompaniyalar yo‘q.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring