O‘zbekistonda “Yil odami” kim bo‘ladi?

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “YIL TANLOVI-2020”da qo‘shimcha yo‘nalishlar doirasida O‘zbekistonda 2020 yilning “YIL ODAMI” nominasiyasi e’lon qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

 Unda joriy 2020 yilda O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, mamlakat tarixida yorqin iz qoldirgan, o‘z faoliyati bilan jamoatchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan 4 nomzod tavsiya etilmoqda:

1. Alisher USMONOV — taniqli tadbirkor, mesenat. Alisher Usmonov O‘zbekistonga 2020 yilda o‘z hisobidan katta miqdordagi xayriya mablag‘lari hamda kiritgan investisiya loyihalari bilan esdan qoldi.

Реклама на Unews

2. Xayrulla BOZOROV — Farg‘ona viloyat hokimi. Namangan viloyatini boshqargan davrida hududni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirib, xalq farovonligiga erishishda faol islohotlarni amalga oshirdi. Hukumat Xayrulla Bozorovni joriy yil Farg‘ona viloyati hokimligi boshqaruviga o‘tkazdi.

3. Nurmat Otabekov — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari. Nurmat Otabekov 2020 yilda ommaning diqqatini o‘ziga qaratib, pandemiya sharoitida rasmiy axborotlarni xalqqa yetkazib turgan mas’ul shaxs sifatida ko‘pchilikning yodida qoldi.

4. Rasul Kusherbayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. Joriy yil ham xalq orasida eng faol deputat sifatida ko‘pchilikning yodida qolgan Rasul Kusherboyev “snos”lar, O‘zAvtoMotors bilan kurash, tadbirkorlar himoyasi va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarda faolligi bilan ajralib turdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring