O`zbekistonda yashayapman, o`zbekcha gapiryapman. Xohlasangiz «perevodchik» oling yoningizga — Ortiqxo`jaev ruscha gapirishini so`ragan fuqaroga javob qaytardi

Eslatib o`tamiz vvalroq, «Moviy gumbazlar» restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning jamoatchilik vakillari bilan O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab «Istiqlol» majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi haqida xabar bergan edik.

Unda hokim STELLA haqida ma`lumot berib, xiyobonda bironta ham daraxt kesilmasligi hamda piyodalar, velosipedlar yo`laklari qurilishini aytar ekan, yig`ilganlar orasidan kimdir baland ovozda ruscha gapirishini so`radi.

«O`zbekcha gapiryapman, O`zbekistonda yashayapman, o`zbekcha gapiryapman. Xohlasangiz «perevodchik» oling yoningizga», deb javob qaytardi u.

Реклама на Unews

«Bu erda men yana qaytarib aytaman, tushunishni xohlayotganlar bor, xohlamayotganlar bor. Men ko`rib turibman, umuman hech narsadan rozi bo`lmayapti. Qaerdan nima qilyapti, nima bo`lyapti? O`zi umrida kelganmi bu parkka? 

Bu parkni meni ham saqlab qolish niyatim bor. Tushuntira oldimmi? Bu parkni 10 yil 5 yil uchun emas, 100 yillab saqlab qolish niyatim bor. Bu erga hech kim tegolmasligini xohlayman. Tegolmasligi uchun bu erga imzo qo`yib ketish kerak», dedi hokim.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 14-02-2021 Хожи она.

    Яшанг ,Сог болинг мехнатингизни рохатини куринг.Илохим сизга ухшаганВатанпарвар,сахий бойлар,ишбилармонлар купаяверсин.Болларингизни камолини куринг.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish