O‘zbekistonda yana havoning keskin sovushi kutilmoqda

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 27-29-noyabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

27-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

Реклама на Unews

27-28-noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29-noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring