O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Akrom Toshxo`jaev vafot etdi

29 noyabr kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, mamlakatda shaxmat sportining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan inson, taniqli sport sharhlovchisi Akrom Toshxo`jaev 66 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Akrom Toshxo`jaevning butun mehnat faoliyati O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida o`tgan. Uzoq yillar “O`zbekiston” telekanalida, 2004 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar “Sport” teleradiokanalida ishlagan.

Ma`lumot o`rnida, Akrom Toshxo`jaev o`zbekistonlik birinchi va hozircha yagona jahon chempioni (kattalar o`rtasida) Rustam Qosimjonovning chempionlik toji uchun o`tkazgan o`yinlarini yuksak saviyada sharhlagan edi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring