Oʻzbekistonda telefonlarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oʻzgartirish kiritildi!

Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ryoʻxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori bilan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qatʼi nazar, ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladi.

Bundan tashqari, agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik roʻyxatdan oʻtgan va bazaga kiritilgan boʻlsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan soʻng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:

Реклама на Unews

mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim roʻyxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;

IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);

belgilangan shakldagi anketani taqdim etishi.

Реклама на Unews

Qarorga muvofiq, agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrdan keyin arizaga asosan roʻyxatga olingan boʻlsa, ushbu qurilmaning boshqa sloti IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazish 3 soat ish vaqtida toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarning Oʻzbekistonda akkredatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar mobil qurilmalari IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosiga arizani ilova qilgan holda murojaat qiladi. Bunda diplomatik vakolatxonalar tomonidan diplomatik pochta orqali olinmagan taqdirda arizaga bojxona yuk deklaratsiyasi yoi bojxona kirim orderi taqdim etiladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bilan bogʻliq shubhali holatlar yuzasidan bayonot berilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, davlat bojxona qoʻmitasi IMEI-kodni roʻyxatdan oʻtkazishda kelib chiqayotgan muammolar yuzasidan munosabat bildirgani hamda Oʻzbekistonda mobil qurilmalarni IMEI tizimidan noqonuniy roʻyxatdan oʻtkazish bilan shugʻullangan jinoiy guruh qoʻlga olingani maʼlum qilindi.

 

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring