O‘zbekistonda talablarni bajarmagan gaz quyish shoxobchalari o‘chiriladi

O‘zbekistonda Energetika vazirligi talablarini bajarmagan gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Bu haqda Behzod Normatov Zo‘rTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Birinchi navbatda aholi va ijtimoiy ob’ektlarga gazni bir maromda yetkazib berishni ta’minlashimiz kerak. Gaz tizimidan intensiv ravishda foydalanadigan iste’molchilarni birinchi navbatda o‘chirishga majburmiz.

Avtomobillarga gaz kompressorlari orqali quyish shoxobchalarini soat 17:00 dan 05:00 gacha qisqartirish rejalashtirilgan. Bu orqali gazning aholiga yetib borishini ta’minlashimiz zarur», — dedi energetika vaziri o‘rinbosari.

Реклама на Unews

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, gaz hajmini o‘lchagichlarni ulanish nuqtasiga olib chiqishi kerak bo‘lgan, lekin bu talabni bajarmagan gaz quyish shoxobchalarga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi. Prezident qaroridagi punktlarni bajarmagan gaz quyish shoxobchalari to talablarni bajarmagunicha o‘chirib qo‘yiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring