O`zbekistonda "So`ngi qo`ng`iroq" tadbiri boshlandi
4944 25-05-2020 0 O'zimizdaAyni paytda O`zbekistonda "So`nggi qo`ng`iroq" tadbiri onlayn tarzda boshlandi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.
O`quvchilarning kayfiyatini ko`tarish va ularga yoqimli xotiralar taqdim etish maqsadida Uzreport TV, Xalq ta`limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “So`nggi qo`ng`iroq” onlayn loyihasini tashkil qilishga qaror qilgan.
Bugun “So`nggi qo`ng`iroq” onlayn tadbirida maktab direktorlari, o`qituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarni bayram bilan onlayn tarzda tabriklashadi. Shuningdek, bitiruvchilarning o`zlari ham jonli efirda o`z do`stlari va ustozlariga tilaklar bildirish imkoniga ega bo`lishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o`z postlarida #bitiruvchi2020online xeshtegidan foydalangan holda har bir inson ushbu bayramga qo`shilishi mumkin.
Реклама на Unews
Va albatta tadbir nihoyasida so`nggi qo`ng`iroq jiringlab, “Xayr, maktabim” qo`shig`i birgalikda kuylanadi.
“So`nggi qo`ng`iroq - bitiruvchilar va ularning oilalari doimo orziqib kutadigan an`anadir. Mavjud vaziyat tufayli biz o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashga qaror qildik, shu sababli, mazkur tadbirni onlayn ravishda tashkil etmoqdamiz. Umid qilamizki, bu tadbir maktab o`quvchilari uchun an`anaviy bayramning ajoyib muqobili bo`lib, katta hayotga qadam qo`yayotgan yoshlarga pozitiv kayfiyat baxsh etadi”, - dedi Uzreport TV bosh muharriri birinchi o`rinbosari Alisher Azimov.
Tadbirni ayni daqiqalarda Uzreport TV da hamda telekanalning Facebook (https://www.facebook.com/uzreport.tv/) va YouTube (https://www.youtube.com/user/uzreport/)dagi sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Реклама на Unews
Ushbu ommaviy tadbirda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilariga murojaat qildi va ularni tabrikladi.
Koronavirus tez tarqashining yana bir sababi aniqlandi
Jaziramaga tayyormisiz? Bugungi ob-havo ma’lumoti
Yana bir Gigant startap egasi barcha pullarini hayriyaga beradi...
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.