O‘zbekistonda rasman koronavirus qayd etilganlar soni 56 ming nafardan oshdi

2020 yil 29 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 068 (+190) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 52 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 
 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring