O‘zbekistonda rasman koronavirus qayd etilganlar soni 55 776 nafarga yetdi

2020 yil 28 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 776 (+183) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 146 nafari Toshkent shahrida, 
  • 16 nafari Buxoro viloyatida, 
  • 13 nafari Andijon viloyatida, 
  • 4 nafari Navoiy  viloyatida,
  • 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar: 

Реклама на Unews

  • Toshkent shahrida 167 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 98 nafar, 
  • Namangan viloyatida 54 nafar, 
  • Buxoro viloyatida 18 nafar, 
  • Andijon viloyatida 13 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 9 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 52 324 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 2 992 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring