O`zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish jarayoni 1 martdan boshlanadi

2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo`yildi.

Unga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni yuksak saviyada o`tkazish bo`yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021 yil 1 mart sanasi belgilangan.

Dasturda:

Реклама на Unews

saylov komissiyalari a`zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo`yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo`yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring