O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi koronavirus bemorlari soni ko`paydi

Sog`liqni saqlash vazirligi 2020 yil 23 iyun kungi holatga ko`ra O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, kechaning o`zida 201 kishida infeksiya aniqlangan. Ushbu kasallanish holatlari mamlakatning 9 ta hududida kuzatildi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2083 nafar bemordan 17 nafari og`ir, 4 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6662 nafar bemordan 4560 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatimizda uy karantinida 36 294 nafar, stasionar karantinda esa 22 656 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring