O‘zbekistonda o‘qituvchilar qachon 1000 dollar maosh olishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar qachon 1000 dollar maosh olishi ma’lum qilindi. Mazkur mavzu yuzasidan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov so‘z yuritdi, deya xabar qildi Qalampir.uz nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilga borib o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Komilov bu bo‘yicha taklif tayyorlanilayotganini va Moliya vazirligi bilan ham ishlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Bu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi va u jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ma’lum qilinishicha, 2018 yildan buyon mamlakatimizda o‘qituvchilarning maoshi 1,5 baravarga oshirilib, o‘rtacha 1,4 mln so‘mdan, 2,6 mln so‘mga yetkazilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazishda ularning toifasi ham inobatga olinishi ta’kidlandi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring