O`zbekistonda "omicron" kirib kelgani nima sababdan 2 kundan keyin e`lon qilinganiga munosabat bildirildi

9 yanvar kuni O`zbekistonda koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan kasallangan ilk fuqaro aniqlangani ma`lum qilindi. 

Xabarda aytilishicha, bu 7 yanvar kuni aniqlangan. O`zbekistonda Omicron shtammi aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o`tib e`lon qilingani borasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari: Xolmamat Norboev quyidagilarni ma`lum qildi. 

— Omicron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis bo`yicha dunyoning etakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o`tkazish va uni tasdiqlash bilan bog`liq jarayonlar tufayli uni o`z vaqtida e`lon qilish imkoni bo`lmadi va ikki kundan so`ng jamoatchilikka ma`lum qilindi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring